Hujjatlar

Foydalanish shartlari

Oxirgi yangilanish: 21 Fevral, 2026 yil

Umumiy qoidalar

Sammi platformasidan foydalanish orqali siz ushbu shartlarga rozi ekanligingizni bildirasiz. Platformadagi barcha kurslar, loyihalar va kod manbalari ta'lim maqsadida taqdim etiladi. Biz istalgan vaqtda ushbu qoidalarga o'zgartirish kiritish huquqini saqlab qolamiz. O'zgartirishlar saytda e'lon qilingan vaqtdan kuchga kiradi.

Hisob va Xavfsizlik

Platformaning to'liq imkoniyatlaridan (kurslarni ko'rish, kodlarni yuklab olish) foydalanish uchun ro'yxatdan o'tishingiz kerak. Siz o'z parolingiz va hisobingiz xavfsizligi uchun shaxsan javobgarsiz. Hisobingizdan uchinchi shaxslarning foydalanishiga ruxsat berish taqiqlanadi. Qoida buzilgan taqdirda, hisobingiz ogohlantirishsiz bloklanishi mumkin.

Auth (Kirish) va tasdiqlash jarayonlari xalqaro xavfsizlik standartlari asosida himoyalangan.

To'lovlar va Qaytarish

Pullik obunalar va kurslar uchun to'lovlar xavfsiz to'lov tizimlari orqali amalga oshiriladi. Xarid qilingan kurslar uchun to'lov 3 kun ichida, agar kursning 10% dan ortig'i ko'rilmagan bo'lsa, qaytarib berilishi mumkin. Obunani bekor qilish keyingi to'lov davridan boshlab kuchga kiradi.

Intellektual Mulk

Platformadagi barcha video darslar, matnlar, grafikalar va logotiplar Sammi loyihasining intellektual mulki hisoblanadi. Ularni noqonuniy ko'chirish, tarqatish yoki tijorat maqsadida sotish qat'iyan man etiladi. Ochiq kodlar (Open Source) bo'limidagi loyihalar tegishli litsenziyalar asosida taqdim etiladi.

Savollaringiz bormi?

Qoidalar yoki to'lovlar bo'yicha tushunmovchiliklar bo'lsa, bizning qo'llab-quvvatlash jamoamizga murojaat qiling.